Certbot yordamida CentOS 7 tizimida Letsencrypt SSL sertifikatini olish

Muqaddima

Let’s Encrypt xizmati o’zining avtomatlashtirilgan API si orqali bepul SSL sertifikatlarni taqdim qiladi. Let’s Encrypt ning eng ommabop klienti esa EFF ning Certbot klientidir.

Cerbot domenni har xil yo’llar bilan tekshirib Apache va Nginx veb serverlarini avtomatik tarzda sozlay oladi. Ushbu qo’llanmada Certbotni avtonom rejimda ishlatib ko’ramiz va uni pochta yoki RabbitMQ kabi serverlarini himoyalashdi ishlatish yo’llarini ko’rib chiqamiz. Читать далее →

Youtube va Facebook saytlariga VNPsiz kirish

Habr.com saytida o’tgan yili (11.08.2017) provayder va operatorlarning, Uztelecom yoki Uzonline DPI tizimlarini chetlab o’tishga yordam beradigan dastur haqida maqola chop etilgan edi.

Ushbu dasturning nomi GoodbyeDPI. Dastur ochiq kodli bo’lib faqat Windows operatsion tizimida ishlaydi. Facebook yoki Youtube saytlarini to’gridan to’gri, VPN tarmog’isiz ochishga yordam beradi.

GoodbyetoDPI ni ishlatish bo’yicha qo’llanma:

  1. Dasturni ko’chirib oling https://github.com/ValdikSS/GoodbyeDPI/releases/download/0.1.5rc3/goodbyedpi-0.1.5rc3.zip
  2. Arxivni oching va 2_all_dnsredir.cmd skriptini Administrator huquqlari bilan ishga tushiring:

Dastur ishga tushganda quyidagi oynada uning holatini bilishingiz mumkin. Ushbu oynani yopish orqali dastur ishini yakunlash mumkin:

Dastur saytlarga sizning kompyuteringizdan yuborilayotgan so’rovlarning shaklini o’zgartirish orqali DPI tizimi bloklash tizimini chetlab o’tadi.

Afsuski hozirda dastur MacOS/iOS, Linux va Android tizimlarida ishlamaydi.